Kompaniya o‘z kelajagini qanday tasavvur etadi

Sifatli so‘nggi avlod dori vositalarini taqdim etuvchi hamda jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lgan, Yevroosiyodagi yetakchi innovatsion farmatsevtika korporatsiyasi bo‘lish.

 

Kompaniya missiyasi

Insonlarning sog‘lig‘i va hayotini yaxshilovchi so‘nggi avloddagi sifatli va samarali dori vositalarini ishlab chiqarish.

Qadriyatlar

 

Yuqori Sifat va iste’molchining Mamnunligi
Muvaffaqiyatga erishish va iste’molchini qanoatlantirish uchun barcha ishlar va tashabbuslarda doimiy yuqori sifatga intilish.

 

Jamoa bo‘lib ishlash va hamkorlik

Kompaniyaning korporativ madaniyati jamoa bo‘lib ishlashni, hamkorlikni, sifatli natijaga erishish uchun samarali va o‘z vaqtida o‘zaro faoliyat yuritishni ta’minlaydi. Ishonamiki, kompaniyadagi eng katta boylik bu uning xodimlaridir. Biz xodimlarning doimiy professional o‘sishini, har qanday darajadagi g‘oyalar, ko‘nikmalar va bilimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaymiz.

 

Professionallik va Halollik

Bilim bilan, samarali va aniq ishlash. Yuqori ahloqiy me’yorlarga rioya qilish va o‘z majburiyatlarini bajarish.

 

Yaratuvchanlik va Innovatsiyalar

Xodimlarning kompaniya faoliyatini va so‘nggi avloddagi dori vositalarini ishlab chiqarishni yaxshilash hamda umumiy muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi yaratuvchanlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

 

Tezkorlik, moslashuvchanlik va samaradorlik

Biz o‘z sohamizda yetakchi bo‘lishni xohlaymiz. Biz tezkor, yaratuvchanlik ruhida va samarali harakat qilamiz.