Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Natriy xlorid

 

Kod ATX: B05CB01

 

Farmakoterapevtik guruhi

Tuzli eritmalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Degidratatsiya holatiga tushgan organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to‘ldiradigan izotonik eritma. Natriy va xlor ionlari hujayradan tashqari suyuqlikning asosiy noorganik tarkibiy qismi bo‘lib, qon plazmasi va hujayradan tashqari suyuqlikning osmotik bosimini me’yorda ushlab turadi.

 

Qo‘llanilishi

Turli sababli degidratatsiya. Ko‘z, burun bo‘shlig‘i va jarohatlarini yuvish uchun. Turli preparatlarni suyultirish uchun erituvchi sifatida ishlatiladi.

 

Chiqarilish shakli

Ampulalarda 0,9% inyeksiya uchun eritma 5ml va 10ml dan.

 

Natriy xlorid

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar