Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Metamizol natriy, pitofenon gidroxloridi,
fenpiveriniy bromidi

 

Kod ATX: N02BB52

 

Farmakoterapevtik guruhi

Analgetik va spazmolitik vosita

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, buning tarkibiga: metamizol natriy, (analgin), pitofenon gidroxloridi va fenpiveriniy bromidi kiradi.
Metamizol natriy pirazalon hosilasi, nonarkotik analgetik. Prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog‘liq og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarga ega.
Pitofenon gidroxloridi papaverin turi miotrop spazmalitik vositasi bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki a’zolarning siliq mushaklariga miotrop ta’sir ko‘rsatadi va uning bo‘shashishini chaqiradi.
Fenpiveriniy bromidi M-xolinbloklovchi vosita bo‘lib, M-xolinobloklovchi ta’siri hisobiga silliq mushaklarga qo‘shimcha bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Preparatning uchchala komponentlarini birga qo‘llash ularning o‘zaro ta’sirini kuchayishiga olib keladi, buning oqibatida og‘riqlarning yengillashishi, siliq mushaklarning bo‘shashishi va tana haroratining pasayishi kuzatiladi.

 

Qo‘llanilishi

Ichki a’zolarning silliq mushaklarining spazmlaridagi og‘riq sindromi, shu jumladan: jigar, buyrak sanchiqlari, o‘t-safro yo‘llarining diskineziyasi, algodismenoreya.
Nevralgiya, artralgiya, ishialgiya, mialgiyalarni qisqa muddatli simptomatik davolash.    
Jarrohlik va tashxis aralashuvlaridan keyingi og‘riqlarni kamaytirish uchun yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma ampulalarda 5 ml dan.

 

Baralnovgan

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar