Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Drotaverin (drotaverin gidroxlorid ko‘rinishida)

 

Kod АТС: АОЗА002

 

Farmakoterapevtik guruhi

Spazmolitik vositalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Miotrop spazmolotik. Kimyoviy va farmakologik xususiyatlari bo‘yicha papoveringa yaqin, ammo kuchli va davomliy ta’sirga ega. Silliq mushak xujayralariga kalsiy ionlarining tushishini kamaytiradi. Ichki a’zolarning silliq mushaklari tonusini va ichak peristaltikasini pasaytiradi, qon tomirlarini kengaytiradi.
Vegativ nerv tizimiga ta’sir qilmaydi, markaziy nerv tizimiga kirmaydi. Silliq mushaklarga bevosita ta’sirini bo‘lishi, M-xolinoblokatorlar guruhi preparatlariga qarshi ko‘rsatma bo‘lgani (yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining giperplaziyasi) hollarda spazmolitik sifatida ishlatish imkoniyatini beradi.
Parenteral yuborilganida preparatning ta’siri 2-4 soatdan keyin namoyon bo‘ladi.
Maksimal samara 30 minutdan keyin boshlanadi.

 

Qo‘llanilishi

- Billiar yo'llari kasalliklari bilan bog'liq silliq mushaklarni spazmlari: o't-tosh kasalligi, xoletsistit, perexoletsistit, xolangit, papillit;
- Siydik chiqarish tizimi silliq mushaklarini spazmlari: siydik tosh kasalligi, piyelit, sistit, qovuq tenezmlari;
- Fiziologik tug'uruq vaqtida cho'zilish vaqtini boshlanishida bachadon bo'ynini ochilishini fazasini qisqartirish uchun.
- Yordamchi da'vo sifatida: bosh og'riqlari, taranglashish;
- Me'da-ichak yo'llarini silliq mushaklari spazmlarida: me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, kardiya (kirish qismi), prevratnik (chiqish qismi) spazmlari, enterit, qabziyatlar va meteorizm bilan birga kechadigan kolit;
- Dismenoreya;
- Kuchli tug'uriq to'lg'oqlarida;
- Obliterilanuvchi endarteriit.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun 2% eritma, ampulalarda 2 ml dan.

 

Drotaverin

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar