Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Ketoprofen

 

Код: АТХ: МО2АА10

 

Farmakoterapevtik guruhi

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Nosteroid yallihlanishga qarshi vosita, propion kislotasining hosilasi. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqsizlantiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega. Preparatning ta’sir mexanizmi prostaglandinlarning biosintezini siklooksiginaza darajasida ingibirlashi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, ketoprofen lipooksigenazani ingibirlaydi, bradikininga qarshi faollikka ega, lizosomal membranalarni turg‘unlashtiradi, revmatoid artritli bemorlarda neytrofillarning faolligini axamiyatli tormozlashini chaqiradi. Ketoprofenning yaqqol og‘riqni qoldiruvchi ta’siri ikki mexanizmlar bilan bog‘liq: periferik (bilvosita, prostaglandinlarning sintezini bostirishi orqali) va markaziy (prostaglandinlarning sintezini markaziy va periferik nerv tizimida ingibirlashi bilan bog‘liq bo‘lgan).
Preparatni endogen interferonning hosil bo‘lishiga va uni immunomodullovchi ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga va organizmning nospetsifik registentlik ko‘rsatkichini yaxshilanishiga rag‘batlantiruvchi ta’sir to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

 

Qo‘llanilishi

Turli genezli og‘riqli yallig‘lnish jarayonlarini simptomatik davolash: revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit; psoriatik artrit, reaktiv artrit; podagra, soxtapodagra, osteoartroz, bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka kapsuliti).
Og‘riq sindromi (shu jumladan operatsiyadan keyingi va shikastlanishdan keyingi og‘riqlar, algodismenoreya, o‘smalarning metastazidagi og‘rniqlar.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma 100 mg/2 ml ampulalarda.

 

Ketoprofen

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar