Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Lagoden

 

Kod ATX: В02ВХ

 

Farmakoterapevtik guruhi

Gemostatiklar

 

Farmakologik xususiyatlari

Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan mast qiluvchi lagoxilus - Lagochilus inebrians Bunge gullari va barglaridan olinadigan preparat. qon ketishini bartaraf qiladi, trombotsitlarning adgeziyasini, agregatsiyasini va sonini oshiradi, geparinning ta’sirini qisqartiradi. Preparat Li-Uayt bo‘yicha ivish vaqti, trombin vaqti, protrombin indeksi, fibrinogen kabi ko‘rsatkichlarni ishonchli oshiradi, qon yo‘qotilishi kattaligini kamaytiradi. Preparatning gemostatik samarasi qon ivishining 1 va 2 fazalarini faollashuvi, faol tromboplastin hosil bo‘lishini tezlashuvi va protrombinni trombinga aylanishini, mustaxkam tromb laxtasi hosil bo‘lishini tezlashishi bilan bog‘liq.

 

Qo‘llanilishi

Preparatni o‘tkir va surunkali qon ketishlarini (me’da-ichak, gemorroidal, o‘pka, bachadon va boshqalar), parenximatoz qon ketishlarini (buyrak, taloq, bosh miya), kapillar va boshqa qon ketishlar, otolaringologiya amaliyotidagi operativ aralashuvlardagi (tonzilloektomiyada, quloqdagi mikrojarrohlik aralashuvlarda va boshqalarda), stomatologiyada tishlarni, kista, granulemalarni olishda, me’da-ichak yo‘llarida operatsiya qilish vaqtida, bachadondagi ginekologik operatsiyalarda, qonning ivish tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarni ham qo‘shib, davolash va oldini olish uchun buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

0,5% inyeksiya uchun eritma, ampulalarda 5 ml dan.

Lagoden

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar