Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Prednizolon

 

Kod ATX: В02ВХ

 

Farmakoterapevtik guruhi

Glyukokortikosteroidlar

 

Farmakologik xususiyatlari

Prednizolon-sintetik glyukokortikoid preparat, gidrokortizonning degidrirlangan analogi. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, immunodepressiv ta’sir ko‘rsatadi, beta-adrenoretseptorlarni endogen kateholaminlarga sezgirligini oshiradi.

 

Qo‘llanilishi

Prednizolon organizmda glyukokortikoidlarning konsentratsiyasini tez ko'tarishni talab qiluvchi urgent xolatlarda shoshilinch davolash uchun qo'llanadi:
- Shok xolatlari (kuyish, travmatik, operatsion, toksik, kardiogen)- tomirlarini toraytiruvchi vositalar, plazma o'rnini bosuvchi preparatlar va boshqa simptomatik davolash samarasizligida;
- Allergik reakiyalar (o'tkir og'ir shakillari), gemotransfuzion shok, anafilaktik shok, anafilaktoid reaksiyalar;
- Miya shishi (shu jumladan miya o'smasi fonidagi yoki xirurgik aralashuv, nur bilan davolash yoki miyaning travmasi bilan bog'liq);
- Bronxial astma (og'ir shakli), astmatik status;
- Biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari (tizimli qizil yugurik, revmatoid artrit);
- O'tkir buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi;
- Tireotoksik kriz;
- O'tkir gepatit, jigar komasi;
- Yallig'lanish ko'rinishlarini kamaytirish va chandiqli torayishlarni oldini olish (kuydiruvchi suyuqliklar bilan zaharlanishda).
- Pediatriyada anafilaksiyaning, allergiyaning xamma turlari, (laringit, laringotraxeobronxit), bronxial astmaning og'ir shakllari, astmatik status, shok.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma 30 mg/ml ampulalarda 1 ml dan.

 

Prednizolon

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar