Preparatning savdo nomi

Novobaktam

 

Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Sefoperazon + sulbaktam (1:1 nisbatda)

 

Kod ATC:

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)

 

Chiqarilish shakli

Inyeksion eritmani tayyorlash uchun kukun 1,0 g dan, flakonlarda

 

Tarkibi

Bir flakon saqlaydi:
Sefoperazonga qayta hisoblaganda
0,5 g sefoperazon natriyli tuzi
Sulbaktamga qayta hisoblaganda
0,5 g sulbaktam natriyli tuzi

 

Farmakologik xususiyatlari

Sefoperazon natriy- faqat parenteral yuborish uchun mo’ljallangan keng ta’sir doirasiga ega yarimsintetik sephalosporin antibiotigi. Sezgir mikroorganizmlarga ularni faol ko’payishi davrida, hujayra devorining mukopeptidining biosintezini susaytirish yo’li bilan ta’sir qiladi.
Sulbaktam natriy – penisillinning asosi yadrosini hosilasidir. Beta-laktamazalarning qaymas ingibitori bo’lib va faqat parenteral qo’llash uchun mo’ljallangan. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha natriy penicillinat sulfondir. Sulbaktam klinik ahamiyatli antibacterial faollikkka ega emas (Neisseriaceae va Acinetobacter bundan mustasno). Hujayralani saqlamaydigan bakterial tizimlarni ishlatish bilan o’tkazilgan biokimyoviy tadqiqotlarda, u beta-laktam antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar ishlatib chiqaruvchi ko’pchilik asosiy beta-laktamazalarning qaytmas ingibitori ekanligi ko’rsatilgan.
Preparat sefoperazonga sezgir barcha mikroorganizmlarga nisbatan faol. Nundan tashqari, turli mikroorganizmlarga isbatan sinergizmga ega, avvalambor quyidagilarga nisbatan: Haemophilus influenza, Bacteroides spp., Staphylococcus spp., Acientobacter calcoaceticus, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Citrobacter diversus.
Sefoperazon natriy – sulbaktam natriy in vitro sharoitida klinik ahamiyatli mikroorganizmlarning keng doirasiga nisbatan faol. Grammusbat mikroorganizmlar: penisillinazani hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus pneumaniae, Staphylococcus pyogenes (А guruhi beta-gemolitik streptokokki), Staphylococcus agalactiae (В guruhi beta-gemolitik streptokokki), beta-gemolitik streptokokkilarning ko’pchilik boshqa shtammlari, Staphylococcus faecalis ko’pchilik shtammlari (enterokokk). Grammanfiy mikroorganizmlar: Escherchia coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Citrobacter spp., Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii (eski nomi Proteus morganii), Providencia rettgeri (eski nomi Proteus rettgeri), Providencia species, Serratia spp.(shu jumladan S. marcescens), Salmonella va Shigella spp., Pseudomonas aeruginosa  va Pseudomonas spp., ayrim boshqa shtammlari Acintobacter calcoaceticus, Niesseria gonorrhoeae, Niesseria meningitides, Bordetella pertussis, Yersinia enterocolitica. Anaerob mikroorganizmlar: grammanfiy tayoqchalar (jumladan Bacteroides fragilis, boshqa Bacteroides spp. va Fusobacterium spp.); grammusbat va grammanfiy kokklar: (shu jumladan Peptococcus spp, Peptostreptococcus spp. va  Veillonella species); grammusbat tayoqchalar (shu jumladan Clostridium spp, Eubacterium va Lactobacillus spp.).

 

Farmakokinetikasi

Sulbaktam ham sefoperazon ham organizmning turli to’qima va suyuqliklarida, shu jumladan o’t-safro, o’t pufagi, teri, appendiks, fallopiy naylari, tuxumdonlar, bachadonda yaxshi taqsimlanadi. Preparat mushak ichiga yuborilganda sulbaktam va sefoperazon o’rtasida qandaydir farmakokinetik o’zaro ta’sirlarning borligi haqidagi ma’lumotlar yo’q. sulbaktam va sefoperazonning ma’lum qismi buyraklar orqali chiqariladi. Sefoperazonning qolgan qismi asosan safro bilan chiqariladi.

 

Qo’llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion yallig’lanish kasalliklari, yuqori va pastki nafas yo’llarining, siydik-jinsiy tizimining kasalliklari, peritonit, xolesistit va boshqa abdominal infeksiyalar, sepsis, meningit, teri va yumshoq to’qimalarning infeksiyalari, kichik chanoq a’zolarining infeksiyalari.
Abdominal, ginekologik, kardiovaskulyar va ortopedik operasiyalardan keyingi infeksion asoratlarini oldini olishda qo’llaniladi.
Preparatning keng ta’sir doirasini hisobga olib, ko’pchilik infeksiyalarda bu preparat bilan monoterapiya samaralidir.

 

Qo’llash usuli va dozalari

M/i yoki v/i yuboriladi.

Kattalar uchun v/i yuboriladigan doza 2-4 g dan (2 marta qabul qilish uchun) keyinchalik kamaytirish bilan yuboriladi, yuborishlar orasidagi interval 12 soatni tashkil qiladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik dozasi 4,0 g ni tashkil qiladi.
Og’ir yoki refrakter infeksiyalarda preparatning sutkalik dozasi komponentlarning 1:1 nisbatida 8 g gacha oshirilishi mumkin (ya’ni 4g sefoperazon). Sefoperazon natriy + sulbaktam natriyni 1:1 nisbatida olayotgan bemorlarga, qo’shimcha sefoperazonni yuborish talab qilinishi mumkin. Sozani teng qismlarga bo’lish va har 12 soatda yuborish kerak.
Bolalarda preparatni 40-80 mg/kg sutkalik dozada qo’llash tavsiya qilinadi. Dozani teng qismlarga bo’lish va har 6-12 soatlarda yuborish kerak.
Jiddiy va davolashga refrakter infeksiyalarda dozalar preparatning komponentlari 1:1 nisbatida sutkada 160 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Sutkalik doza 2-4 teng qismlarga bo’linadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, hayotining birinchi haftasi davomida preparatni har 12 soatda yuborish kerak. Sulbaktamning bolalardagi maksimal sutkalik dozasi sutkada 80 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam) bo’lgan bemorlada preparatning dozasi, preparatning tarkibiga kiruvchi sulbaktamning klirensini pasayishini kompensasiya qilish uchun o’zgartiriladi.KK minutiga 15-30 ml bo’lgan bemorlarda sulbaktamning maksimal sozasi har 12 soatda 1 g ni tashkil qiladi (sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi 2g), KK<15 ml/min bo’lgan bemorlarda esa, sulbaktamning maksimal dozasi har 12 soatda 500 mg ni tashkil qiladi (sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi 1g). Og’ir infeksiyalarda qo’shimcha sefoperazonni yuborish talab qilinishi mumkin/ gemodializda sulbaktamning farmakokinetikasi ahamiyatli o’zgarishi va sefoperazonni zardobdan chiqarilishi biroz pasayishi tufayli, preparatni yuborishni dializdan keyin rejalashtirish kerak.

 

Vena ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash va qo’llash qoidalari

Takroriy infuziyalar uchun har bir flakondagi preparatni 5% dekstroza eritmasi, 0,9% natriy xlorid eritmasi va/yoki steril inyeksiya uchun suvning adekvat hajmida eritiladi, so’ngra esa, shu erituvchi bilan 20 ml gacha suyultiriladi. Infuziya 15-20 minut davomida o’tkaziladi.

 

Umumiy doza, (g) Ekvivalent dozalar
Sulbaktam+sefoperazon, (g)
Eritma hajmi, (ml) Maksimal tugallangan konsentrasiya, (mg/ml)
2,0 1,0+1,0 6,7 125+125

 

Nojo’ya ta’siri

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko’pincha me’da-ichak yo’llari faoliyati buzilishlari: diareya, kamroq-ko’ngil aynishi va qusish, sohtamembranoz kolit qayd qilingan.
Allergik reaksiyalar: makulopapulez toshma, eshakemi, ularni paydo bo’lish xavfi anamnezida allergic reaksiyalar bo’lgan bemorlarda (ayniqsa penisillinlarga) yuqori.
Umuman organism tomonidan: bosh og’rig’I, isitma, inyeksiya qilingan joyda og;riq, etni uvishishi.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Penisillinlar, sulbaktam, sefoperazon yoki har qanday boshqa sefalosporinlarga allergiya.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Preparat va aminoglikozidlarning eritmalarini, ular o’rtasidagi fizik nomutanosiblikni hisobga olib, bevosita aralashtirish mumkin emas. Agarda preparat esa aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolash o’tkazilayotgan bo’lsa, unda ikkala preparatni alohida ikkilamchi kateterlarni ishlatish bilan, ketma-ket infuziya qilish yo’li bilan yuboriladi, birlamchi kateter esa, adekvat eritma bilan preparatning dozalarini yuborish oralig’ida yuviladi. Preparatni va aminoglikozidlarni yuborish orasidagi interval kun davomida iloji boricha uzoqroq bo’lishi kerak. Ringer laktat eritmasini kukuninin birlamchi eritish uchun, ushbu aralashmani nomutanosibligini hisobga olib, ishlatish mumkin emas. Biroq eritmani ikki bosqichda tayyorlash yo’li bilan mutanosiblikka erishish mumkin: dastlab kukun inyeksiya uchun suvda eritiladi, so’ngra esa Ringer laktat eritmasida suyultiriladi. 2% lidokain gidroxloridi eritmasini kukunni boshlang’ich eritish uchun, ularning nomutanosibligini hisobga olib, ishlatish tavsiya etilmaydi. Biroq eritmani ikki bosqichda tayyorlash yo’li bilan mutanosiblikka erishish mumkin: dsatlab kukun inyeksiya uchun suvda eritiladi, so’ngra esa 2% lidokain gidroxloridi eritmasida suyultiriladi.   

 

Maxsus ko’rsatmalar

Beta-laktam antibiotiklarni, shu jumladan sefolosporinlarni olgan bemorlarda jiddiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanish hollari ta’riflangan, ular ba’zida o’limga olib kelgan. Bunday reaksiyalarning rivojlanish xavfi, anamnezida turli allergenlarga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan pasientlarda yuqori. Allergic reaksiyalar paydo bo’lganida preparatni bekor qilish va adekvat davolashni buyurish kerak. Jiddiy anafilaktik reaksiyalarda adrenalinni boshlang’ich tarzda yuborish kerak. O’t yo’llarining og’ir obstruksiyasida, jigarning og’ir kasalliklarida, shuningdek buyrak faoliyatini yuqorida ko’rsatilgan har qanday holatlar bilan birga qo’shilgan buzilishlarida preparatni dozalash tartibini to’grilash talab qilinadi. Jigar faoliyatining buzilishlari va buyrak faoliyatini yo’ldosh buzilishlari bo’lgan bemorlarda, sefoperazonning zardobidagi konsentrasiyasini monitoringini va zarurati bo’lganida uning dozasini to’g’rilash kerak.
Preparat bolalr olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o’tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda 25º С dan yuqori bo’lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo’yicha.

 

Novobaktam

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar