Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Sefazolin (natriyli tuzi ko‘rinishida)

 

Kod ATX: J01DA04

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Prepart sefalosporinlarning birinchi avlodiga mansub bo‘lgan asosiy antibiotiklardan biridir.
Keng doirali mikroblarga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, bakteritsid ta’sir qiladi. Ta’sir qilish mexanizmi mikroorganizmlarning hujayra devorining biosintezini ingibirlashi bilan bog‘liq.
Grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga faol ta’sir qiladi, shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan stafilokokklar, gemolitik streptokokklar, pnevmokokklar, salmonellalar, shigellalar, proteyning ayrim turlari, Klebsiella guruhi mikroblari, difteriya, kuydirgi tayog‘chasi, gonokokklar, meningokokklar; shuningdek spiroxeta va leptospiralarga nisbatan ham faoldir.
Preparat metitsillinga turg‘un bo‘lgan stafilokokklarga, ko‘kyiring tayog‘chasiga, proteyning indolmusbat shtammlariga, tuberkulez mikobakteriyalariga, anaerob mikroorganizmlariga nisbatan samarasiz; preparat riketsiyalar, viruslar, zamburug‘lar va oddiylarga ta’sir qilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan infeksion yallig‘lanish kasalliklarni davolash, shu jumladan: yuqori va quyi nafas yo‘llari, siydik va o‘t-safro chiqarish yo‘llari, kichik chanoq a’zolari, teri va yumshoq to‘qimalar, suyaklar va bo‘g‘imlarning kasalliklari; endokardit, sepsis, peritonit, o‘rta otit, osteomiyelit, mastit; jarohatlar, kuyishlar va operatsiyadan keyingi infeksiyalar; sifilis va gonoreya. Bundan tashqari, preparat jarrohlik infeksiyalarni oldini olish uchun operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda so‘llanadi.

 

Chiqarilish shakli

Kukun 0,5 yoki 1,0 g dan flakonlarda.

 

Sefazolinning natriyli tuzi

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar