Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Sefuroksim (natriyli tuzi ko‘rinishida)

 

Kod ATC J01DА06

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Parenteral  yuborish uchun II avlod sefalosporin antibiotiki. Ho‘jayra  membranasi sintezini  buzib, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Keng ta’sir doirasiga ega.  Aerob grammusbat     mikroorganizmlarga nisbatan faol (shu qatorda penitsillinlarga metitsillinga chidamli shtammlar bundan mustasno), va boshqa beta-gemolitik streptokokklarga, B guruhi streptokokklari; grammusbat mikroorganizmlar (shu jumladan ampitsillinga chidamli shtammlar), shuningdek, penitsillinazani ishlab chiqaradigan va chiqarmaydigan shtammlar grammusbat va grammanfiy anaerob.

 

Qo‘llanilishi

Sefuroksimga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infeksion-yallig‘lanish  kasalliklari:  nafas yo‘llarining infeksiyalari (shu jumladan o‘tkir va surunkali bronxit, infeksiyalangan bronxoektazalar, bakterial pnevmoniya,  o‘pka abssessi); abdominal va ginekologik infeksiyalar; LOR-infeksiyalar (shu jumladan sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit); siylik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (ju jumladan o‘tkir va surunkali piyelonefrit, sistit, asimptomatik bakteriuriya); teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (shu jumladan sellyulit, saramasli yallig‘lanish, yara infeksiyalari); suyak va bo‘g‘im infeksiyalari (shu jumladan osteomiyelit, septik artrit); sepsis; meningit; endokardit; peritonit; gonoreya; qorin bo‘shlig‘i kichik, chanoq, yurak, o‘pka, qizilo‘ngach, tomirlar, operatsiyalardan, ortopedik operatsiyalaridan keyingi infeksion asoratlarni oldini olish.

 

Chiqarilish shakli

Kukun 0,75 g dan, shisha flakonlarda.

 

Novozinaf

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar