Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Sefotaksim (natriyli tuzi ko‘rinishida)

 

Kod ATC: J01DA10

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

III avlod sefalosporin antibiotikidir. Mikroblarning penitsillinni bog‘lovchi qobig‘larining oqsillariga yuqori troplikka ega, peptidoglikan polimerazasini bloklaydi, mikroorganizmlarning ho‘jayra qavatini mukopeptidi sintezini buzadi.
Mikroblarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega. Birinchi avlod sefalosporinlar, aminoglikozidlar va penitsillinlarga chidamli multirezistent shtammlariga ta’sir qilishi mumkin. 1 va 2 avlod sefalosporinlariga nisbatan grammmanfiy kokklarga bo‘lgan faolligi kamroq.

 

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan og‘ir bakterial infeksiyalar:nafas yo‘llarining va LOR-a’zolarining (enterokokklilari bundan mustasno), teri va yumshoq to‘qimalarining (shu jumladan infeksiyalangan jaroxatlar va kuyishlar), suyaklar va bo‘g‘imlarning, siydik-chiqarish yo‘llarining, kichik chanoq a’zolarning, infeksiyalari, akusher-ginekologik (shu jumladan xlamidioz, gonoreya, shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan) infeksiyalar, bakteriyemiya, septitsemiya, peritonit, intraabdominal infeksiyalar, bakterial meningit (listeriozli bundan mustasno), endokardit, Layma kasalligi, tifli isitmalash, immuntanqislik fonidagi infeksiyalar, xirurgik operatsiyalardan keyingi, shu jumladan me’da-ichak yo‘llaridagi infeksiyalarni oldini olish.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksion eritma uchun kukun, 1,0 g dan shisha flakonlarda.

 

Novoklaf

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar