Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Seftriakson (natriy tuzi ko‘rinishida)

 

Kod ATC: J01DA13

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Seftriakson beta-laktam guruhi, sefalosporinlarni III avlodiga mansub bakteritsid ta’sirga ega yarimsintetik antibiotik. Ta’sir qilish mexanizmi transpeptidaza fermenti faolligini  susayishi,  mikroorganizm hujayralari devorida peptidoglikan biosintezini buzilishi  bilan bog‘liq.  Preparat keng   ta’sir doirasiga ega: aerob grammusbat mikroorganizmlar: fakultativ anaeroblar (penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlarni ham qo‘shganda), b-gemolitik  A   guruhi, V guruhi streptokokklari, noenterokokk D guruhi streptokokklari; grammanfiy  mikroorganizmlarshu jumladan, mikroaerofillar; aeroblar, obligat bakteroid anaerob-turlari.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezuvchan mikroorganizm shtammlari chaqirgan infeksion kasalliklarni davolash uchun buyuriladi. Preparatni quyi nafas yo‘llarining infeksion kasalliklarini (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abssessi, plevra empiyemasi), otorinolaringologik infeksion  kasalliklarni, buyrak  va siydik-jinsiy yo‘llarining infeksion kasalliklarini (piyelit, sistit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarini infeksion kasalliklarini, shu jumladan bakterial  streptodermiyani; meningitni, suyak va bo‘g‘im infeksion kasalliklarini, peritonitni, o‘t pufagini  yallig‘lanishini, me’da–ichak infeksiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani  va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa infeksiyalarni (yumshoq shankr va zahm), Layma  kasalligini (spiroxetoz), tuberkulez isitmasi, salmonellezni, salmonella tashuvchanlikni davolash uchun qo‘llanadi.
Preparatni hamda jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng kelib chiqadigan infeksiyalarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

 

Chiqarilish shakli

 Inyeksion  eritmani tayyorlash uchun kukun 0,5g, 1,0 g dan, flakonlarda yoki erituvchi (“Lidokain-NOVO inyeksiya uchun 1% eritma yoki ”inyeksiya uchun suv”
5 ml yoki 10 ml dan ampulalarda) bilan komplektda.

 

Seftriakson-Novo

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar