Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Ampitsillin+Oksatsillin

 

Kod АТС: J01CR50

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat ampitsillin va oksatsillin spektrlarini birlashtiruvchi keng antibakterial ta’sir doirasiga ega. Grammusbat  va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Preparatda oksatsillinning natriyli tuzi borligi uchun, u penitsillinazani g‘osil qiluvchi stafilokokklarga nisbatan faol.

 

Qo‘llanilishi

Preparat nafas yo‘llari va o‘pka infeksiyasida (bronxit, pnevmoniya va boshqalar), anginalarda, xolangitda, xoletsistitda, piyelitda, teri va boshqa preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda buyuriladi. Ajratilmagan va grammanfiy bakteriyalarda, aniqlanmagan antibiotikogrammada va buyraklarning infeksiyalarida, kuyish kasalligida, xirurgik operatsiyalarda operatsiyadan keyingi asoratlarni va yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi infeksiyalarni oldini olish va davolash uchun ishlatiladi. Ampioksni gonoreyani  davolashda benzilpenitsillinga rezistent gonokokk shtammlari chaqirgan hollarda qo‘llaniladi.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksion eritmalarni tayyorlash uchun kukun,  shisha flakonlarda 0,5 g dan.

Ampioks-natriy

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar