Ta’sir etuvchi modda (XPN) 

Ampitsillin+Sulbaktam

 

Kod АТС: J01CR04

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning komponentlari ampitsillin va sulbaktamdir. Ampitsillin - yarimsintetik penitsillinlar guruhi antibiotiki bo‘lib, sezgir mikroorganizmlarni faol ko‘payishi bosqichi vaqtida hujayra devorining mukoleptidining biosintezini susaytirishi yo‘li bilan bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Sulbaktam - klinik ahamiyatli antibakterial faollikka ega emas. Beta-laktam antibiotiklariga chidamli mikroorganzimlar tomonidan ishlab chiqariladigan ko‘pchilik asosiy beta-laktamazalarni qaytmas ingibitoridir. Sulbaktam ayrim penitsillin-bog‘lovchi oqsillari bilan bog‘lanadi, shuning uchun ayrim shtammlari bir beta-laktam antibiotikiga nisbatan majmuaga ko‘proq sezgirroqdirlar. Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol.

 

Qo‘llanilishi

Preparat nafas yo‘llarining infeksiyalarida, shu jumladan sinusit, o‘rta otit va epiglotit, bakterial pnevmoniyalar, siydik yo‘llarining infeksiyalari  va piyelonefrit, qorin ichi infeksiyalari (shu jumladan peritonit, xoletsistit), endometrit va kichik chanoq flegmonlari; bakterial septitsemiya, teri, yumshoq to‘qimalar, suyaklar, bo‘g‘imlarning infeksiyalarida va gonokokk infeksiyalarida buyuriladi.
Preparat shuningdek operatsiyadan lodin operatsiyadan keyingi yara infeksiyalarini uchrash tezligini pasaytirish uchun yuborish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksion eritmani tayyorlash uchun kukun, 0,75 g, 1,5 g  dan flakonlarda.

Sultamitsillin-NOVO

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar