Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Gentamitsin (sulfat tuzi holida)

 

Kod ATC: J01GB03

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (aminoglikozidlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Aminoglikozid guruhi antibiotigi. Bakteriya ribosomalarining oqsil sintezini susaytirib bakteriostatik ta’sir etadi. Ichak tayoqchasi, shigella, salmonella, enterobakteriya, klebsiyella, proteya, ko‘k yiring tayoqchasi kabi grammanfiy aerob bakteriyalarga nisbatan o‘ta faol ta’sir ko‘rsatadi. Preparat shuningdek grammusbat aerob kokklar-stafilokokklar (shu jumladan penitsillinga ham barqaror), ba’zi bir streptokokklarga nisbatan ham faol. Rangsiz treponema, meningokokklar kabi anaerob mikroorganizmlar preparatga nisbatan barqaror.

 

Qo‘llanilishi

Piyelonefrit, sistit, pnevmoniya, plevra empiyemasi, peritonit, sepsis, meningit, teri va yumshok to‘qimalarning yiringli infeksiyalari, jarohat va kuygi infeksiyalari va b. kabi preparatga nisbatan sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi.

 

Chiqarilish shakli

4% inyeksiya uchun eritma ampulalarda 2 ml dan.

 

Gentamitsin sulfat

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar