Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Antibiotiklar (linkozaminlar guruhi)

 

Kod ATC: J01FF02

 

Farmakoterapevtik guruhi

Antibiotiklar (linkozaminlar guruhi)

 

Farmakologik xususiyatlari

Terapevtik dozalarda bakteriostatik ta’sir qiladi. Mikrob hujayrasida oqsil sintezini bostiradi. Asosan garammusbat koklarga nisbatan faol. Staphylococcus spp., penitsitsillinga, tetrasiklinlarga, xloram-fenikolga, streptomitsinga, sefalosorinlarga, nisbatan samarali. Linkomitsin va klindamitsin o‘rtasida kesishuvchan chidamlilik mavjud.

 

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan (eng avvalo stafilokokklar va streptokokklar, ayniqsa penitsillinga chidamli mikroorganizmlar, hamda penitsillinlarga nisbatan allergiyada) bakterial infeksiyalar, o‘tkir va surunkali osteomiyelit (linkomitsinni suyak to‘qimasida to‘planishi oqibatida, u o‘tkir va surunkali osteomiyelitlar va boshqa suyaklarni, hamda bo‘g‘imlarni infeksion shikastlanishini davolashda samarali preparatlardan biri bo‘lib hisoblanadi), sepsis, o‘tkir osti septik endokardit, surunkali pnevmoniya, o‘pka abssessi, plevra empiyemasi, plevrit, otit, yiringli artrit, operatsiyadan keyingi yiringli asoratlar, yara infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalari (piodermiya, furunkulez, flegmona, saramasli yallig‘lanish) infeksiyalari.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun 30% eritma, ampulalarda 1 ml va 2 ml dan.

 

Linkomitsin-Novo

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar