Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Prokain

 

Kod ATX: N01ВА02

 

Farmakoterapevtik guruhi

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Yengil og‘riqsizlantiruvchi va keng terapevtik ta’sirga ega bo‘lgan mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita. Voltajga  bog‘liqli natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv uchlaridagi impulslar generatsiyasiga va tolalarda impulslar o‘tishiga to‘sqinlik kiladi. Nafaqat og‘riq, balki boshka modal impulslarni o‘tishini so‘ndiradi. Preparat ta’sirida avval sovuqni sezish, keyin ketma-ketlikda issiqni, og‘riqni va bosimni sezish yo‘qoladi. S?rilish jarayonida preparat markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, silliq mushaklarni bo‘shashtiradi, presinaptik nerv uchlaridan atsetilxolinning chiqishini susaytiradi va shuning uchun qisman gangliy bloklovchi ta’sirga ega, katta dozalarda esa nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzishi mumkin. Preparat gipotenziv va antiaritmik ta’sir ham ko‘rsatadi (qo‘zg‘aluvchanlik va avtomatizmni pasaytiradi, o‘tkazuvchanlikni yomonlashtiradi). Infiltratsion anesteziyada ta’sirining davomiyligi yarim-bir soatni tashkil etadi. Anesteziyalarning boshka turlarida ta’sirining davomiyligi preparatning konsentratsiyasiga,uni adrenalin eritmasi bilan qo‘shib ishlatilishiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha yarim soatdan bir soatgacha bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llanilishi

Infiltratsion, suyak ichi; paranefral va vagosimpatik blokadalar, sovuq urishida (reaktiv bosqichgacha bo‘lgan davrda); gipertoniya kasalligi, gipertoniya sindromli kechki homiladorlik toksikozlari, fantom og‘riklari, me’da va 12-barmoqli ichak yarasi kasalligi, qichima, neyrodermit, ekzema, keratit iridotsiklit, glaukoma. Shuningdek  penitsillinni eritish uchun ishlatiladi.

 

Chiqarilish shakli

0,5 % inyeksiya uchun eritma, ampulalarda 5ml va 10ml dan.

 

Novokain

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar