Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Lidokain-NOVO

 

Kod ATC: С01ВВ01

 

Farmakoterapevtik guruhi

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar, antiaritmik vositalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Maxalliy anestetik. Anesteziyaning barcha turlarini chaqiradi: terminal, infiltratsion, o‘tkazuvchan. Shuningdek, yaqqol antiaritmik ta’sirga ega.

 

Qo‘llanilishi

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida Lidokain-NOVO quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: apendektomiya, churrani yo‘qotish va boshqa jarrohlik operatsiyalarda infiltratsion anesteziya uchun; stomatologiyada oyoq-qo‘llar jarrohligi va boshqalarda o‘tkazuvchan anesteziya uchun; nerv chigillarini blokadasi uchun; kichik chanoq a’zolari, oyoqlar va boshqalardagi operatsiyalarida epidural va orqa miya anesteziyasi uchun; urologiya, oftalmologiya, stomatologiyada shilliq qavatlarining terminal anesteziyasi uchun; shuningdek, turli jarrohlik operatsiyalari, bronxoskopiya va boshqa muolajalarda ishlatiladi.
Antiaritmik vosita sifatida Lidokain-NOVO mono- va politop qorincha ekstrasistoliyasi va taxikardiyani davolashda ishlatiladi, shu jumladan miokard infarktining o‘tkir davrida qorinchalar fibrilyatsiyasini yo‘qotish uchun va qo‘shimcha vosita sifatida yurakni defibrilyatsiyasida, yurakni katetirizatsiyasi va angiokardiografiyasida va boshqa shu kabi tashxis muolajalarida ishlatiladi.

 

Chiqarilish shakli

2% li eritma ampulalarda 2 ml dan.

 

Lidokain-NOVO

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar