Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Piratsetam

 

Kod ATC: N06BX03

 

Farmakoterapevtik guruhi

Nootrop vositalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Piratsetam nootrop vosita bo‘lib, miya almashinuv jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, miya to‘qimalaridagi ATF konsentratsiyasini ko‘paytiradi, ribonuklein kislotasi va fosfolipidlar biosintezini kuchaytiradi, glikolitik jarayonlarni rag‘batlantiradi, glukoza utilizatsiyasini kuchaytiradi. Preparat bosh miya integrativ faoliyatini yaxshilaydi, xotirani yaxshilanishiga yordam beradi, serebral gipoksiyaning turli ko‘rinishlarida himoyalovchi ta’sir ko‘rsatadi, o‘qitish jarayonini osonlashtiradi.
Preparat bosh miya yarim sharlari orasidagi aloqani va neokortikal strukturalaridagi sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi, serebral faoliyatlarni tiklaydi va barqarorlashtiradi, ayniqsa ongni, xotirani va nutqni,  aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi, miya qon oqimini yaxshilaydi.

 

Qo‘llanilishi

Tomirli va toksik genezli psixoorganik buzilishlar (komatoz holatlar, miyaning travmatik shikastlanishini o‘tkir fazasi, ishemik insultning tiklanish davrlari): asteniya ustun bo‘lgan psixoorganik sindromlar, diqqat va kognitiv qobiliyatlarini pasayishi (serebral ateroskleroz, intoksikatsiya, alkogolizm va boshsalar), alkogolli abstinensiya va alkogolli deliriyni bartaraf qilish, morfin va barbituratlar bilan o‘tkir zaharlanish, psixozlar va asteno-depressiv holatlar (majmuaviy davolash), shizofreniyadagi apato-abulik nuqsonli holatlari, antidepressantlarga chidamlili bo‘lgan depressiv holatlar.
Xotiraning buzilishi, bosh aylanishi, Alsgeymer kasalligi, aterosklerotik dissirkulyator ensefalopatiya, insultdan keyingi aqliy va jismoniy kamchiliklar.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda asfiksiyasini oldini olish va davolashda, tug‘ilish travmasi va uning asoratlari, meningitdan, ensefalit, bosh­ miya jarohatidan keyingi rekonvalessensiya davri, psixik rivojlanishni kechikishi, o‘qitishni qiyinlashuvi. Xotirani buzilishi va intellektual yetishmovchilik.
Psixotrop vositalar bilan davolanishdagi nojo‘ya holatlar va asoratlarni (asteniya, adinamiya, ekstrapiramid o‘zgarishlar) to‘g‘irlash. Tutqanoq (majmuaviy davolash). Kortikal miokloniya o‘roqsimon-hujayrali anemiya (majmuaviy davolash). Virusli neyroinfeksiyalar.

 

Chiqarilish shakli

20% inyeksiya  uchun eritma, ampulalarda 5 ml dan.

 

Piratsetam

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar