Preparatning savdo nomi

Vinposetin-NOVO

 

Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Vinposetin

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma

 

Tarkibi

Faol modda:
Vinposetin 5,0 g
Yordamchi moddalar:
Askorbin kislotasi 5,0 g
Vinno kislotasi 3,0 g
Benzil spirit 10,0 g
Natriy metabisulfiti 0,2 g
Sorbit 100,0 g
Inyeksiya uchun suv 1000 ml gacha

 

Ta’rifi

Tiniq, rangsiz yoki och yashil-sarg’ish rangli eritma

 

Farmakoterapevtik guruhi

Miyada qon aylanishi buzilishlarini va migrenni davolash uchun vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Serebrovazodilyator vosita bo’lib, miyada qon aylanishini yaxshilaydi. Tizimli arterial bosimni biroz pasayishiga, miyada qon tomirlarini kengayishiga, miyada qon oqimini kuchayishiga, miyani kislorod va glyukoza bilan ta’minlanishiga olib keladi. Kislorod va energiya bilan ta’minlovchi substratlarni to’qimalarga tashilishini yengillashtirib (eritrositlarni ularga yaqinligini kamaytirishi tifayli, glyukozani yutilishi va metabolizmini kuchaytirishi, uni energetik foydaliroq aerob yo’nalishiga o’tishi oqibatida), miya hujayralarini gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. To’qimalarda siklik adenozinmonofosfat kislotasini va adenozintrifosfatni to’planbishiga, fosfodiesterazani tormozlanishi va adenilatsiklazani rag’batlantirilishiga va miya to’qimalarida katexolaminlarning (dofamin va noradrenalin) miqdorini oshishiga yordam beradi. Vazodilatasiyalovchi (qon tomirlarini kengaytiruvchi) ta’siri qon tomirlarining silliq mushaklariga (asosan miya qon tomirlariga) bevosita relaksasiyalovchi (bo’shashtiruvchi) ta’siri bilan bog’liq. Preparat “o’g’irlash” fenomenini chaqirmaydi, asosan bosh miyaning ishemiyaga uchragan sohalarida qon aylanishini yaxshilaydi, bunda intact sohalarning qon bilan ta’minlanishi o’zgarmaydi. Trombotsitlar agregatsiyasini kamaytirishi, qonning qovushqoqligini pasaytirishi va eritrositlarning egiluvchanligini oshirishi hisobiga bosh miyada mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi.

 

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganda taqsimlanish hajmi (Vd) – 5,3 l/kg. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 4,74-5 soat. Gistogematik to’siqlardan (shu jumladan gematoensefalitik to’siqdan) oson o’tadi. Jigarda apovinkamin kislotasiga, gidroksi-vinposetinga, gidroksiapovinkamin kislotasiga, digidroksi-vinposetin-glisinatlar hosil qilgunga qadar biotransformasiyaga uchraydi. Asosiy metabolit-apovinkamin kislotasi – ayrim farmakologik faollikka ega.
Vinposetin siydik bilan o’zgarmagan holda (ozgina qismi) metabolitlar ko’rinishida chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Miyada qon aylanishini o’tkir va surunkali buzilishlari (tranzitor ishemiya, avj olib boruvchi insult, shakllanib bo’lgan insult, insultdan keyingi holat). Serebrovaskulyar yetishmovchiligi bo’lgan bemorlardagi nevrologik va ruhiy buzilishlar (xotirani buzilishi, bosh aylanishi, afaziya, apraksiya, harakat buzilishlari, bosh og’rig’i). Ensefalopatiya (gipertornik, posttravmatik). Klimakterik davrdagi vazovegetativ simptomatikasida. Ko’zning qon tomir kasalliklari (tomirli pardaning, to’r pardaning yoki sariq dog’ning degenerative kasalliklari, arteriyalarning qisman okklyuziyalari, ikkilamchi glaucoma). Qon tomir yoki toksik genezli eshitish o’tkirligini pasayishi, qarilik garangligi, menyer kasalligi, koxleovestibulyar nevrit, quloqlarda shovqin, labirint patalogiyasi oqibatidagi bosh aylanishi.

 

Qo’llash usuli va dozalari

Kasallikning o’tkir bosqichida prepartni 10-20 mg dan 500-1000 ml natriy xloridning izotonik eritmasida – vena ichiga (v/i) tomchilab sekin (infuziyani maksimal tezligi – minutiga 80 tomchi) yuboriladi.
Zarurati bo’lganida dozani 3-4 kun davomida maksimalgacha – sutkada 1mg/kg gacha oshiriladi. Davolash kursi 10-14 kun.
Klinik yaxshilanishiga erishilganidan keyin preparatni 5-10 mg dan kuniga 3 marta ichga qabul qilishga o’tiladi. Tutib turuvchi doza – 5 mg dan kuniga 3 marta uzoq vaqt davomida qo’llanadi.
Prepartni bekor qilishdan oldin dozani asta-sekin kamaytirish kerak.

 

Nojo’ya ta’sirlari

Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bosh aylanishi, bosh og’rig’i, uyqusizlik, uyquchanlik, holsizlik, qizib ketish hissi.
Yurak-tomir tizimi va qon (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: yurak qorinchalari ichki o’tkazuvchanligini sekinlashishi, ST segmentini depressiyasi va QT intervalini uzayishi, gipotenziya, taxikardiya, ekstrasistoliya.
Me’da-ichak yo’llari a’zolari tominidan: og’izni qurishi, ko’ngil aynishi, jig’ildonni qaynashi.
Teri qoplamalari tomonidan: terini qizarishi, terlash, yuborish joyida tromboflebit.
Boshqalar: allergik reaksiyalar.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

O’ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshida (klinik ma’lumotlarni yo’qligi tufayli), yaqqol yurak ishemik kasalligi, og’ir aritmiyalar, labil arterial bosimda va qon tomir tonusi pastligida, serebral gemorragik insultdan keyingi birinchi kunlari, bosh miya ichki bosimini oshganida qo’llash mukin emas.
Tero ostiga (t/o) mushak ichiga (m/i) va v/i oqim bilan yuborishga yo’l qo’yilmaydi.
Gipotenziv prepartlarni yoki QT intervalini oshiruvchi dorilarni qabul qiladigan bemorlarga, shuningdek kichik Barvinka (Vincaminor) alkaloidlarini yomon o’zlashtiradigan va jigar yetishmovchiligi bilan og’rigan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Geparinoterapiya vaqtida gemorragik asoratlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Vinposetinning inyeksiya uchun eritmasi geparin bilan farmasevtik nomutanosib.

 

Maxsus ko’rsatmalar

Qandli diabeti bo’lgan bemorlarga parenteral yuborilganida, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak, chunki ertimada sorbitol moddasi mavjud.
Gemorragik insultda preparatni parenteral faqat o’tkir holatlarda yo’qolganidan keyin (5-7 kundan keyin) qo’llanishiga yo’l qo’yilishi mumkin.
Davolanish vaqtida emizishni to’xtatish lozim.
Uzaygan QT intervali sindromi yoki QT intervalini uzayishiga olib keluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda EKG nazorati zarur.
Prepartni bolalar amaliyotida qo’llanilishi bo’yicha yetarli miqdorda kuzatuvlar mavjud emas.
Transport vositalari haydovchilariga va kasbi diqqatni yuqori jamlanishi bilan bog’liq odamlarda ish vaqtida qo’llash tavsiya etilmaydi
Preparat bolalr olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o’tgandan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: og’izda metal ta’mni sezish, chanqash, yaqqol namoyon bo’lgan tremor, dizartriya, ataksiya
Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko’mir qabul qilish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

0,5% inyeksiya uchun eritma, 2 ml dan ampulalarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug’likdan himoyalangan joyda, 25ºС dan yuqori bo’lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo’yicha.

 

Vinposetin-NOVO

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar