Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Kaliy xlorid

 

Kod ATX:

 

Farmakoterapevtik guruhi

Mineral preparatlar, mikroelementlar

 

Farmakologik xususiyatlari

Kaliy asosiy hujayra ichki ionidir. Preparat organizmda suv - elektrolit muvozanatini
me’yorlashtiradi, kaliy tanqisligini to‘ldiradi. Ko‘pchilik sitoplazmatik fermentlarini  faollashtiradi, hujayra ichki osmotik bosimini, oqsil sintezini, aminokislotalarning tashilishini, nerv impulslarining o‘tkazilishini boshqaradi, mushak distrofiyasida, miasteniyada, skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi. Kaliy ionlari yurak qisqarishlari sonini (YUQS) kamayishini chaqiradi, qisqaruvchanlik faolligini  pasaytiradi, o‘tkazuvchanligini, avtomatizmini va qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

- Qandli diabet, davomli diareya, qusish, diuretiklarni qo'llash (tiazidli, tiazidga o'xshash, halqali), glyukokortikostereoidlar, yurak glikozidlari, gipotenziv preparatlar bilan davolash fonida paydo bo'lgan gipokaliyemiyani davolash va oldini olish.
- Digitalis intoksikatsiyasini davolash va oldini olish.
- Kelib chiqishi turli bo'lgan aritmiyalar (elektrolit buzilishlari va mutlaq yoki nisbiy gipokaliyemiya bilan bog'liq bo'lgan).
Miokard infarktili bemorlarda (o'tkir davrda) aritmiyani oldini olish.

 

Chiqarilish shakli

4% inyeksiya uchun  eritma, 10 ml dan ampulalarda.

 

 

Kaliy xlorid

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar