Ta’sir etuvchi modda (XPN)

Kalsiy glyukonat

 

Kod ATC: А12АА03

 

Farmakoterapevtik guruhi

Mineral preparatlar, mikroelementlar

 

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy ionlari nerv impulslarining o‘tkazilishida, silliq va skelet mushaklarining qisqarishida, miokardning faoliyatida, qonning ivishida qatnashadi; ular suyak to‘qimasining shakllanishi, boshqa tizim va a’zolarni faoliyati uchun zarur. Qonda kalsiy ionlarining konsentratsiyasi ko‘plab patologik jarayonlarda kamayadi, yaqqol gipokalsiyemiya esa tetaniyaning paydo bulishiga sabab bo‘ladi. Kalsiy glyukonat gipokalsiyemiyani bartaraf qilishidan tashqari, tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, allergiyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, qon ketishini to‘xtatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy xloriddan farqli ravishda nisbatan kamroq, mahalliy qitiqlovchi ta’sirga ega, shuning uchun mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun qo‘llanilishi mumkin.

 

Qo‘llanilishi

Kalsiy glyukonat qalqonsimon bezi oldi bezlari faoliyati yetishmovchiligida, organizmdan kalsiyning ko‘p chiqib ketishida (jumladan, uzoq muddatli suvsizlanishda), qo‘shimcha vosita sifatida allergik kasalliklarda (zardob kasali, eshakemi, angionevrotik shish va boshqalarda), dorilar bilan davolashdagi allergik asoratlarda turli sababli patologik jarayonlardagi (yallig‘lanish jarayonining ekssudativ bosqichi, gemorragik vaskulit, nur kasalligi va boshqalarda) tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun; parenximatoz gepatitda, jigarning toksik shikastlanishida, nefritda, eklampsiyada, giperkaliyemiyada, paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shaklida, teri kasalliklarida (terini qichishi, ekzema, psoriaz va boshqalarda) qon ketishini to‘xtatuvchi vosita sifatida, shuningdek, magniy tuzlari, shovul kislotasi yoki uning eriydigan tuzlari, ftor kislotasining eriydigan tuzlari bilan zaharlanishda antidot sifatida qo‘llanadi.

 

Chiqarilish shakli

10% li inyeksiya uchun eritma, ampulalarda 5ml va 10ml dan.

 

Kalsiy glyukonat

Gepatoprotektorlar
Antibiotiklar
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar
Nootrop vositalar
Antigipertenziv vositalar
Parenteral ozuqa uchun vositalar
Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vositalar
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Periferik qon aylanishni muvofiqlashtiruvchi vositalar
Mineral preparatlar va mikroelementlar
Tuzli eritmalar
Analgetik va spazmolitik vositalar
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Gemostatiklar