Ta’sir etuvchi modda (XPN)
Kalsiy xlorid
Kod ATX: В05АХ07
Farmakoterapevtik guruhi
Mineral preparatlar
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy ionlari manbasi, skelet va silliq mushaklarining qisqarishida, yurak mushagining faoliyatida, nerv impulslarining o‘tkazish jarayonida, suyak to‘qimalarini shakllanishida, tomir devori o‘tkazuvchanligini nazoratida, qon ivishida muhim rol o‘ynaydi.
Allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Allergik kasalliklarda (zardob kasalligi, eshakemi, angionevrotik shish, toshmali isitma va boshqalar) va dorilarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik asoratlarda: organizmdan kalsiy chiqarilishining kuchayishi, homiladorlikda, tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiruvchi vosita sifatida, gemorragik vaskulitda, nurlanish kasalligining ko‘rinishlarida, yallig‘lanish va ekssudativ jarayonlarida (zotiljamda, plevritda, pleksitda, endometritda va boshqalarda); teri kasalliklarida (qichima, ekzema, psoriaz va boshqalarda); raxitda (spazmofiliyada), qalqonsimon bezi oldi bezlarining yetishmovchiligida (tetaniyada); parenximatoz gepatitda, jigarning toksik shikastlanishlarida, nefritda, eklampsiyada, paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shaklida.
Shuningdek qon ketishni to‘xtatuvchi vosita sifatida o‘pka, me’da-ichak, burun, bachadon qon ketishlarida; qon ivishini oshirish maqsadida operativ aralashuvlar oldidan.
Zaharlanishga qarshi vosita sifatida magniy tuzlari, щavel kislotasi va uning eruvchan tuzlari, hamda ftor kislotasining eruvchan tuzlari bilan zaharlanganda qo‘llanadi (kalsiy xlorid bilan o‘zaro ta’sirida dissotsiatsiyalanmaydigan va zaharli bo‘lmagan kalsiy titanat iva ftoridi hosil bo‘ladi).
Preparat tug‘ish jarayonini faollashtirish maqsadida boshqa usullar va vositalar bilan birga qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
10% eritma 5-10 ml dan ampulalarda.






Glukokortikosteroidlar |
